Maqolalar
Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar |
Shu turdagi materiallar: 66 Ko'rsatilgan materiallar: 51-60 |
Saxifalar: « 1 2 ... 4 5 6 7 » |
Saralash: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
Azizim...
Sensiz o'tmoqda umrim. Firog'ingdan kuyadi bu dil, Yupqalashib bormoqda qalbim. Yupqalashib ochadi tubin, Oshkor bo'lar pinxon sirlarim. Tiyolmaydi o'zini bu til, Takror-takror deydi sevgilim. Sevgilim deb takrorlayman men, Hayajondan dukurlar yurak. Menga hamon ishonmaysan sen, Aytgin qanday isbotlash kerak? davomi |
Vafoni jafo quvib solganda,
Orzuni armon asir olganda, Ryh haqiqatni izlab tolganda, Tinimsiz yog'ar yurak yomg'iri. ... davomi |
Ketayapsiz! Oq yo'l ma'budam,
Bu dam har kim o'zicha haqdir. Diydor qimor bo'lgan dunyoda, Vidolashib qolmoq ham taqdir. Yig'lash shartmas, kuyunsak ham bas. Yolg'iz orzum - bo'ling bag'ri keng. G'am qo'lida yopishganim xas, "Hayir" emas, "Ko'rishguncha" deng. davomi |
Nega zor chorlading intiq sevgimni,
Muhabbat bermasang, hayot bermasang? Nega uyg'otganding g'arib dilimni Umrimga bir osmon nurdek kirmasang? Nega yonamanu yondirolmayman? Qaxrmiding? Tunlarga otding, tig'latding! Qalbingga chamanlar ekmoqchi edim... Mehribonim buncha yig'latding! ... davomi |
To'kilib, joylanib ketsaydim qani,
YUraging qa'riga bir nola bo`lib. Kun kelib, tosh qalbing yorilganida, Otilib chiqardim, favvora bo`lib. davomi |
Erkam, meni sevgiga qaytar,
Men ham yonay o'tda qovrilib Bu tosh qotgan yurakni yanchay, Shamollarga ketsin sovrilib. davomi |
Xayir, men o'ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo'lmog'im qiyin. Mabodo sog'inib qolsangiz agar, Qo'ng'iroq qilarman... Ming yildan keyin. ... davomi |
Oh men jimgina kechdim
Ishqingizdan, hasratingizdan. Achinmadim mening sizsiz Va sizning mensiz hayotingizga. Anglaganim bir buyuk ishq bor. Sizdan, mendan, dunyodan yuksak Orzum uning panohlarida Faqat, faqat unga dil berib yursak. davomi |
Tun bo'yi telbalik ato etsa tun,
Tun bo'yi telbavor ketolsang, tun... Halal bermasa hayolingga dun, Hayolning tubiga etolsang. Tun bo'yi tim qoro qorong'ulikda, Yorug' o'ylaringning shu'lasi o'chsa... davomi |
Men zaminga adashib keldim,
Kamalaklar harir libosim, Oq bulutlar - bu par to'shagim. Osmon, osmon seni juda sog'indim, Osmon kelar senda yashagim. Bahorlarda tizilib uchgan, Turnalarning ko'zi bo'laman. ... davomi |