O'kinch
To'kilib, joylanib ketsaydim qani, YUraging qa'riga bir nola bo`lib. Kun kelib, tosh qalbing yorilganida, Otilib chiqardim, favvora bo`lib. Sochilib, qo`shilib ketsaydim, qani, Sochlaring doliga ming tola bo`lib. Yil o`tib, sochlaring oqarganida, Turardim, men faqat tim qora bo`lib. To'kilib, shimilib ketsaydim, qani, Ko`zlaring tubiga afsona bo`lib. Kun kelib, ishqimni ko`rolganingda, Oqardim, o`shanda, shalola bo`lib.
|
Turi: She'rlar | Добавил: Emerald (03.02.2010)
|
Ko'rildi: 866
| Teglar: yurak, ishq, tosh, qalb, qora, ko'z
| Reyting: 3.5/2 |
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[
Registratsiya |
Kirish ]