Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Hayir
Men sizni bezovta qilmasman ortiq,
Bildim, bo'g'zingizga keldi malolim.
Ammo men netayki ishqsiz dunyoda,
Mudom bo'yingizga tushmish zavolim.

Yodingizga yodim maloli kelmish,
Ko'zingiz zerikkan mendan, bilaman.
Go'zal tuyg'ularim xo'rlangan joyda,
Men nima qilaman?

Yig'lab chorlamasman ilojin topsam,
Endi ko'zingizga otmas tonglarim.
Nurdan tuproqqacha sirli dunyoda,
Men sizni angladim...

Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to'lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.

Xayir, men o'ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo'lmog'im qiyin.
Mabodo sog'inib qolsangiz agar,
Qo'ng'iroq qilarman...
Ming yildan keyin.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (03.02.2010)
Ko'rildi: 549 | Teglar: Alvido, xayir, tuyg'ular, malol, yashil, zulmat, hayir, hotira, armon, sirli dunyu | Reyting: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]