Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Meni sevgiga qaytar
Erkam, meni sevgiga qaytar,
Men ham yonay o'tda qovrilib
Bu tosh qotgan yurakni yanchay,
Shamollarga ketsin sovrilib.

Yulduzlarga baxshida etgan
Orzularni qaytar o'zimga.
Tirilmasa o'lik hislarim,
BOYCHECHAKni ko'rsat ko'zimga!

Qatqaloqni qatratib chiqqan
Boychechakdek bo'lish istayman.
Bu dunyoda bir dam bo'lsada,
Sevib turib O'LISH istayman.

Turi: She'rlar | Добавил: Emerald (03.02.2010)
Ko'rildi: 492 | Teglar: yurak, o'lim, sevgi, orzu, tosh, erkam | Reyting: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]