Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Yomg'ir
Kecha yomg'irlarday yog'ilib o'tdim,
Izlaringni o'pdim, bildingmi?
Ko'zlarimdan oqqan achchiq yoshlarning
Qora cho'g'larida qalqib keldingmi?

Barg xazonday buncha ojiz titraysan,
Sovurib o'tdimi seni dil dog'i?
Dunyoga o't qo'ygan telba yurakning
Etib bordimi yo biror chaqmog'i?

Nega tahlikali qaraysan ko'kka,
Ko'ksingni kuydirib o'tmaganmidim?
Seng ishq istagan ming yillar yakka
Ayt axir meni hech kutmaganmiding?

Nega zor chorlading intiq sevgimni,
Muhabbat bermasang, hayot bermasang?
Nega uyg'otganding g'arib dilimni
Umrimga bir osmon nurdek kirmasang?

Nega yonamanu yondirolmayman?
Qaxrmiding? Tunlarga otding, tig'latding!
Qalbingga chamanlar ekmoqchi edim...
Mehribonim buncha yig'latding!

Senga qo'limni ham bermayman dedim.
Qo'limdan chiqardim nomusni, orni.
Kecha quchog'inga yog'ilib botdim,
Lablaringga tomdim... xabarig bormi?
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (04.02.2010)
Ko'rildi: 495 | Teglar: dil, muhabbat, xabar, yomg'ir | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]