Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Ko'rishguncha
Ketayapsiz! Oq yo'l ma'budam,
Bu dam har kim o'zicha haqdir.
Diydor qimor bo'lgan dunyoda,
Vidolashib qolmoq ham taqdir.

Yig'lash shartmas, kuyunsak ham bas.
Yolg'iz orzum - bo'ling bag'ri keng.
G'am qo'lida yopishganim xas,
"Hayir" emas, "Ko'rishguncha" deng.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (04.02.2010)
Ko'rildi: 480 | Teglar: Alvido, vido, ko'rishguncha, oq yo'l | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]