Maqolalar
Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar |
Bir kelib ketgin
Yulduzlardan sog'inchim bisyor, Dardim kuyga sololmaydi tor, Senga bitta iltimosom bor, Sezdirmasdan bir kelib ketgin. Alamlarni bag'ringga bosib, Huu... ko'klarga g'ururni osib, Tuproq bo'lgan qadrni bosib, Egilmasdan bir kelib ketgin. Nozli yorim holimizni bilmadilar, Yaqin qilib yiroqlarimni, Intiq qilmay nigohlarimni, Kechirilmas gunohlarimni, Kechirmasdan bir kelib ketgin. To'rt tomon ham gullar bilan tulib toshgan, Olloh yo'ling qilsin behatar, Armon sendan qolsin behabar, O'tinaman... o'tinaman hech yo'q shu safar, Kechikmasdan bir kelib ketgin. Bunday go'zal parimi yo paykal bo'lur, Ostonamdan o'chgandi izing, O'chgan eding tiliklarimdan, Va men seni yuraklarimdan, O'chirmasdan bir kelib ketgin. Ishqimizni yolg'onlarga yo'yubdilar, Holim etmas boshqa hijronga, Sen yaxshisan raxm et yomonga, Men ham borsa kelmas tomonga, Ketmasimdan bir kelib ketgin. | |
Ko'rildi: 2957 | Izohlar: 1
| Teglar: |
Barcha izohlar: 1 | |
|