Bosh sahifa » 2011 » Yanvar » 15 » Huzurbaxsh oqshom
7:46 PM
Huzurbaxsh oqshom
Bugunguday ko'kdan yog'ilarkan nur,
Nurafshon bog'larda uchrashar edik.
Ko'ngilda bir ajib xalovat-huzur,
Huzurbaxsh oqshmlar ajrashar edik.

Kelasanmu derdim, hayirlashar chog',
Kelaman deyarding, seking iymanib.
Tilimning uchida hanuz shu so'roq,
Hanuz yuragimni aylaydi mayus.

Biz yurgan yo'llarni birga jamlasak,
Borob kelish mumkin oyga piyoda.
Lekin bag'rimizda ko'ngil jonsarak,
Endi bu gaplardan kimga ne foyda.

O'sha bog'da yana uchrashib nogoh,
Erta kelasanmi, kelaqol desam,
Sog'inchlar bag'ringni o'rtasada, oh...
Kelaman demaysan, kelging kelsa ham.

Kelasanmu derdim, hayirlashar chog',
Kelaman deyarding, seking iymanib.
Tilimning uchida hanuz shu so'roq,
Hanuz yuragimni aylaydi mayus.




Ko'rilgan: 3905 | Qo'shildi: Tasanno_admin | Teglar: Хузурбахш окшом, Келасанми, sher, шерлар, Kelasanmi, шер, Huzurbaxsh oqshom, sherlar | Reyting: 2.4/8
Barcha izohlar: 5
0  
5 ri4well   (21.11.2015 10:46 AM) [Maqola]
Qaysi saytdan topsam buladi bu quwiqni man Yulduzingni ber osmon filmida ewitganman

0  
3 Aziz_4242   (27.02.2012 4:45 PM) [Maqola]
Shu qo'shiqni qayerdan topsa bo'ladi? Qaysi saytda bor? Iltimos topishvorila... hello

0  
4 Mr_Yakubov   (03.03.2012 4:07 PM) [Maqola]

0  
2 xenkok   (25.09.2011 10:51 PM) [Maqola]
Sher ajoyib. o`shigi`ni qaysidir filmda eshitganman. Lekin eslolmadim. Qo`shiqni qattan olsa bo`ladi.

0  
1 Yulduzcha   (17.04.2011 5:16 AM) [Maqola]
cry sher zur,qushigi' undan ham zur

Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]