Maqolalar
Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar |
YETARDI
Ming marta sog'ingan sevgimga, Bir marta sog'insang yetardi. Ming yilga yetgulik sevgimga, Bir lahza sevganing yetardi. Har kuni yo'lingni poylasam, Jilmayib qo'yganing yetardi. Sevgingni olamga yoyguncha, Pichirlab aytganing yetardi. Sevishni bilmadim azizam, Bildirding, bilganing yetardi. Bir umr begona bo'ldimku, Arazlab qolganing yetardi. Yolg'izlab qo'ydingku YOLG'IZIM, Umidvor bo'lganim yetardi. Ko'ksimda bir buyuk sevgi bor, Senga ham, menga ham YETARDI. | |
Ko'rildi: 607
| Teglar: |
Barcha izohlar: 0 | |