Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Tilsimli muhabbat
Ming bir andishada qo'ysam so'roqlab,
Uyqusidan sira ochmagan ko'zin.
Ishqimni ketgan ko'chaga tashlab,
Keyin yig'lab-yib'lab ovutgan o'zin.

Kelsam ko'zlaridan g'azablar sochib,
Ketsam dod solib yig'lagan bahtim.
Qo'llarimdan tutib bilmagan sog'inch,
Meni yolg'iz tashlab ketgan berahm.

O'zimni so'gingan, umrimning naqshi,
Hammalaridan avval qayg'urgan holim.
O'zimni ko'rib ham hammadan yaxshi,
Yana meni eng ko'p yig'latgan zolim.

Nigohlari o'tli, kulishi mayin,
Hamisha qoldirgan erda so'zimni.
Endi sizni qanday yaxshi ko'raman,
Yashayapman yomon ko'rib o'zimni.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (04.02.2010)
Ko'rildi: 1008 | Reyting: 2.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]