Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Sog'inch
Bemahalda eshit taqqillar,
Bemahalda uyqu qochadi.
Kim u...? Sokin soat chiqqillar,
Sog'inch turib eshik ochadi.
Ostonada tun, telba shamol,
Zulmat ichra muzlaydi sog'inch.
Yurak notinch, bezovta hayol,
Derazaga undaydi ilinj.
Bog' yo'lakka ko'zlar yugurar,
Daraxtzorda ko'rinmas sharpa.
Bu safar ham
sog'inch aldanar,
Derazani yopadi shartta.
O'rindiqqa kelib mixlanar,
Hayol uni avrab uchadi.
Bir mahallar uyqu elitar,
Tushlariga hayol ko'chadi.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (04.05.2011)
Ko'rildi: 1008 | Teglar: согинч, sog'inch | Reyting: 1.5/2
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]