Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Sog'inch
Kelmaysiz, hol so'ray demaysiz,
Tadna jon ovora firoqda.
Yo bizni nazarga ilmaysiz,
Siz jimsiz, siz g'amdan... yiroqda.

Sog'inchning qo'llari bo'ynimda,
Armonga ergashgan umrimmi?
Hajringiz zor yig'lar qo'ynimda,
Yig'lagan yo g'arib ko'nglimmi?

Yashamoq og'irdir yurakka,
Zulmatdan axtarib
ziyoni.
Siz yurgan o'sha tor yulakka,
Alishib yuborgum dunyoni.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (28.08.2010)
Ko'rildi: 589 | Teglar: firoq, sog'inch | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]