Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Sog'ich
Yig'lar yurak, ho'rsinar yurak,
Sensiz o'tar kundan og'rinib...
Ond ichmoqlik edi ne kerak?
Hudo haqi, seni sog'indim...

Menga bir so'z ayt ham demayman,
Bir umrga qayt ham demayman,
Bir ko'rmoqqa yillar yig'layman,
Hudo haqi, seni sog'indim...

Olib ketsin deya oq qushlar,
Tunni kutdim ko'rmoq uchun tush.
Hijron meni qafasda ushlar,
Hudo haqi, seni sog'indim...

Ma'yus ko'zlarimdan yoshlar oqar,
Suymaganim suykalib boqar,
Oh... zorlarim eshiging qoqar,
Hudo haqi, seni sog'indim...

G'uncha-yu gullar parvona
Qush tilida honishlar aytdim.
Garchi bu so'z shoirona
Lekin seni sog'inib ketdim...

Zulmat tunda o'rtandi yurak,
Hayolimda faqat sevgilim.
Menga o'zi bilmam ne kerak?
Hudo haqi, seni sog'indim!
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (09.02.2011)
Ko'rildi: 1219 | Teglar: sevgi, sog'inch | Reyting: 2.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]