Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Sizga so'zladim.
Bahorlarim ketdi, yoz ham tark etdi,
Bu kun kuz bag'rida kuzladim...
Endi sarg'aymoq bor, to'kilmoq kerak,
Bir kuzga, bir Sizga so'zladim.

Ohorlarim ketdi - eskirib qoldim,

Sochlarimda qirov - muzladim...
Endi yoshsan deya so'kmaydi birov,
Bir kuzga, bir Sizga so'zladim.

Yonmoq azob deya o'ylagan edim,

Hargiz sokinlikni ko'zladim...
Endi chaqnamoqqa yetarmi kuchim!?
Bir kuzga, bir Sizga so'zladim.

Ko'ngil cho'kkandayin - o'kingandayman,

Yaqin dildoshimni izladim...
Balki ikki toshdan chiqadi olov?
Bir kuzga, bir Sizga so'zladim.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (11.08.2011)
Ko'rildi: 1108 | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]