Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

SIZ MENDAYIN SEVOLMAYSIZ!
Ko'zlarimda suratingiz, dardlarimni bilolmaysiz,
Yig'lamaydi yuragingiz, siz mendayin sevolmaysiz.
Siz tilagim desangiz ham, qon yuragim desangiz ham,
Yuz yil yig'lab sevsangiz ham siz mendayin sevolmaysiz!

Chidolmaysiz qiynoqlarga, hijron otli firoqlarga,
So'ng ketasiz yiroqlarga, siz mendayin sevolmaysiz.
Jon beray bir so'zingizga, yo tikilib ko'zingizga,
Jabr qilmang o'zingizga siz mendayin sevolmaysiz!

Ko'z o'ngimda nigohingiz, dardim og'ir bilolmaysiz,
Chunki yolg'iz gunohingiz SIZ MENDAYIN SEVOLMAYSIZ!


Источник: http://Sevgi
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (09.02.2011)
Ko'rildi: 558 | Reyting: 2.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]