Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Sevilmaganlar
Firoq daryosida yuvilmaganlar,
Taklif ham qilinmay quvilmaganlar,
Tunlarning qo'yniga g'arq bo'lib yashar,
Umrida bir bora sevilmaganlar.

Shamol ham g'amzada ko'ksini o'pmas,
Tunda ko'zlarini hotirjam yopmas,
Qasrlarda yashab halovat topmas,
Umrida bir bora sevilmaganlar.

Bittagina dilga zorlanib yashar,
Har kim sig'ar yo'lda torlanib yashar,
Ko'zguga qarashga orlanib yashar,
Umrida bir bora sevilmaganlar.

Muhabbat so'zini yod so'zdek tinglar,
Hijron kalimasin o'zicha anglar,
Kulgusi yig'iga aralash ingrar,
Umrida bir bora sevilmaganlar.

Ularning qalbiga muhabbat qozi,
Qishdan sovuq kechar bahori, yozi,
O'limga indamay bo'larlar rozi,
Umrida bir bora sevilmaganlar.

Maningdek bir bora sevilmaganlar...
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (23.05.2011)
Ko'rildi: 934 | Reyting: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]