Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Sensiz yashamoq
Tunlari yonog'im o'pgan yosh bilan,
Yurakki... yurakmi, yoki tosh bilan,
O'zim ham bilmayman, qay bardosh bilan?
Men sensiz yashashga o'rganib qoldim.

O'zidan to'ydirib qo'yarkan dunyo,
Taftida kuydirib qo'yarkan dunyo,
Shartiga ko'ndirib qo'yarkan dunyo,
Men sensiz yashashga o'rganib qoldim.

Intilma avvalgi holim yo'q endi,
Intiqma shirin so'z blim yo'q endi,
"Xayir" bor "Yonimda qol"im yo'q endi,
Men sensiz yashashga o'rganib qoldim.

Rutubat elida qul deb saylanib,
Azobga shaylanib, g'amga shaylanib,
Ohir bir vafosiz qizga aylanib,
Men sensiz yashashga o'rganib qoldim.

Kutmadi demagin kutish ham shuda,
Bilsang umidvorlik qiynadi juda,
Endi men yodingga tushgan shu kunda,
Men sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Turi: She'rlar | Добавил: Emerald (29.12.2010)
Ko'rildi: 778 | Teglar: hayir, xayir, sensiz | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]