Maqolalar
Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar |
Seni qandaay sevishimni bilmaysanda
O’rtamizda qolgan g’amgin g’ussalarni, O’rtamizda devor qurgan kimsalarni, O’rtamizda yetim qolgan bo’salarni, Tushlarimda ko’rishimni bilmaysanda, Seni qanday sevishimni bilmaysanda… O’rtamizda yolg’onlarning aksi yomon, O’rtamizda shaytonlarning raqsi yomon, O’rtamizda armonlarning rasmi yomon, Meni izlab kelmaydi deb o’ylaysanda, Seni qanday sevishimni bilmaysanda… O’xshasakda biz parallel chiziqlarga, Uchrashamiz taqdirdagi yoziqlarda, Seni topgum omon o’tib to’siqlardan, Qirq choh qazib qirq yil meni qiynasangda, Seni qanday sevishimni bilmaysanda… Bilmaysanda seni o’ylab qon yutganim Bilmaysanda izlaringni zor kutganim, Bilmaysanda aqlu-hushim unutganim , Jonimni ham berishimni bilmaysanda, Seni qanday sevishimni bilmaysanda… To’sa olur balolarni oshiq yurak, To’ka olur navolarni oshiq yurak, Kechirsa ham xatolarni oshiq yurak, Muhabbatin nazaringa ilmaysanda, Seni qanday sevishimni bilmaysanda… | |
Ko'rildi: 1345 | Reyting: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 0 | |