Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Sendan nima qoldi
Sendan nima qoldi ?
Shirin xotira,
Ishqingning daryoday quyilganligi,
So'ngra daryo qurib, qalb xaritasi
Orol dengizidek o'yilganligi.

Sendan nima qoldi ?
Achchiq xotira,
Dilingga dilimning mangu zorligi.
Quyoshsiz osmonday huvillagan qalb,
Sevib, sevilmoqning juda kechligi...

Sendan nima qoldi ?
Quruq xotira,
Quvonchning motami, o'kinchning tig'i.
Sening o'zing kabi chehrasi nigun,
Mayin tabassumga o'ralgan yig'i.

Sendan nima qodi ?
Yorqin xotira,
Hasratli umrimning yoniq shamlari.
Gar o'lsam go'rimdan tik turg'azuvchi
Barcha baxtsizlarning ulkan g'amlari...

Turi: She'rlar | Добавил: Emerald (02.02.2010)
Ko'rildi: 686 | Teglar: g'am, armon, shirin xotira, zor, hasrat | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]