Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Qizim...
Ne deyin, ne deyin, men ne ham deyin?
Qizim ostonamdan oyoq uzatar chog',
Honadon huvillab qolgandan keyin,
Qushini uchirib yuborarkan bog'.
 
Men seni yeru-ko'kka ishonarmidim?
Qizning chin baxti bu, taqdir ishi bu.
Mayli yuragingga kirgan mardingning
Boshiga qo'ngan ketmas humo qushi bo'l.

Yoshliging o'tdimi sho'x, handon otib,
Murg'ak yurakkinang ozor chekmayin.
Olmaday birovga uzatayotib
Ne uchun ko'zimdan yoshlar to'kmayin.
 
Xatoday tuyilar menga ushbu xat,
Ushbu taqdir qalbga sanchma tig'ingni.
Men hech o'ylabmidim shunday oz fursat,
Qizim o'z onanga mehmonligingni.

O'ylaring yo'qmidi mendan yashirin, 
Tuyg'ularing g'amdan yonmaganmidi?
Tushintira olmay menga goh siring,
Yostiqqa ko'z yoshing tommaganmidi?

Bo'lmaganmi aytgin sen norizor payt,
Ba'grimizda kechgan quvonch, munglardan?
Sen ayt bolajonim, rozimisan ayt,
Otang uyidagi o'tgan kunlardan?

Tinayotgan ko'zim senga tikaman,
Quchog'imdan seni oldiku taqdir.
Bu taqdirga qandoq men ko'nikaman
Bilmam kunim sensiz qandoq o'tadi,

Mayli sen borar bo'g endi ko'rmay kam,
Tole mening mehrim shu boqqa solsin.
Men ola bildimmi ko'nglingni bilmam,
Bolam borar joying ko'nglini olsin.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (05.07.2010)
Ko'rildi: 1031 | Reyting: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]