Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Qani endi ...
Yaxshimanmi yo yomon,
Kim bo'lsam ham o'zimga.
Nima gaping bo'lsa ayt,
Qarab turib ko'zimga

Ko'nglim bilan o'ynashma,
Qolmagin bor yo'lingdan.
Yoki ko'rsat sanating,
Agar kelsa qo'lingdan.

Qani edi, qani edi...
Do'stlarim do'st bo'lsaydi.
Qani edi, qani edi...
Yonginamda tursaydi.

Qani edi, qani edi...
So'zlarim kor qilsaydi.
Qani edi, qani edi...
Dunyo birday bo'lsaydi.

Erkakmisan yo ayol,
Kunglingga olma malol.
Menga teng kelolmasang,
Yo'limdan qoch, bor yo'qol.

Meni xisob kitobim,
Qilar faqat ollohim.
Lek seni g'iybatingdan,
To'kiladi gunohim.


Qani edi, qani edi...
O'lmay turib o'lginchi,
Qani edi, qani edi...
Yig'lab turib kulginchi.

Qani edi, qani edi...
Hech bulmasa bir kuncha,
Qani edi, qani edi...
Menday bo'lib ko'rginchi.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (17.09.2010)
Ko'rildi: 1046 | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]