Maqolalar
Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar |
Qadrim
Poyimgizda hor bo’lgan, Bag’ringizda tor bo’lgan, Mehringizga zor bo’lgan, U mening qalbim edi. Arzonlarga sotdingiz, Bozorlarda Tortdingiz, Yana toshlar otdingiz, U mening qabrim edi. Yolg’onlarga almashgan, Sevaman deb aldashgan, Sizni tanlab adashgan, U mening baxtim edi. Falaklarga sachradi, Yomonlardan charchadi, Mudom sizga uchradi, U mening dardim edi. Yurak qonimdan tushgan, Keyin dillarni quchgan, Qo’llarimdan suv ichgan, U mening sabrim edi Oshiq shoir ko’z ilgan, Avval ham ko’p qazilgan, Muhabbat deb yozilgan, U mening qabrim edi. | |
Ko'rildi: 1027
| Teglar: |
Barcha izohlar: 0 | |