Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Onajonim
Derazamdan mo'ralaydi oy,
Oq harirli, misilsiz chiroy.
Yulduz uchar topolmasdan joy,
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgum keladi...

Tun qo'ynida chayqalar gullar,
Hush bo'y ila kimnidir izlar.
Izing topmay bag'rini tuzlar,
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgum keladi...

Sog'inchlardan sarg'aydi dunyo,
Orzularim bo'ldiku ro'yo.
Tomirimda oqar bir nido,
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgum keladi...

Keting jim-jim Hayir demasdan,
Pinxon bir bor ochmasdan.
Yiroqlashding aslo shoshmasdan,
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgum keladi...

Dil o'rnatar, aylanar boshim,
O'zing eding yaqin sirdoshim,
Sog'inganda tinmaydi yoshim,
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgum keladi...
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (29.11.2010)
Ko'rildi: 810 | Teglar: Ona, sog'inch | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]