Maqolalar
Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar |
Men sizga shundayin ehson o'lsaydim...
Men sizga shundayin ehson bo'lsaydim, Joningizga botgan tikon bo'lsaydim, Suyak suyagingiz ketsa zirqirar, Jonim deb kelsangiz bejon bo'lsaydim. Armon bo'lib cho'ksam qarog'ingizga, Nadomad iydirsa qoshlaringizni, Achchiq shabnam bo'lsam yonog'ingizga, G'am bo'lib oqarsam sochlaringizga. Ozorlarim etsa ozor esangiz, Ozorsiz dunyodan ketsangiz daydib, O'q bo'lib qadalib yuragingizga, Ko'ksingizdan qondek sizib tursaydim. Men sizga shundayin ehson o'lsaydim... | |
Ko'rildi: 500
| Teglar: |
Barcha izohlar: 0 | |