Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Men shoir emasman
Men shoir emasman, bo'lmayman xatto,
O'z dardim o'zgaga uzatmok nechun?
She'r demang yozganim, yolg'on satrlar,
Bitilgan o'zimni aldamoq uchun.

She'rimda muhabbat sha'niga sharaf,
Aslida sevgiga aldangan yurak.
Orzular og'ushi cho'mgan satrlar
Aldaydi, bilaman ushalmas tilak.

Adolat, poklikni kuylar qalamim,
Yuragim razolat to'lgan siyoxdon.
Jannatning hurlarin etaman orzu,
Shaytonga qo'l bergan Xazrati Inson.

Ishonmang, baytlarim qilsa nasixat,

Topsangiz bir ma'no, etingiz inkor.
Ne foyda ulardan sizlarga axir
Men amal qilmasam ularga zinxor.

Men shoir emasman, bo'lmayman xatto
Lol bo'lmang to'qisam she'r yoki g'azal.
Dardimni quduqqa aytgandan ko'ra
Qog'ozga bitmoqni ko'raman afzal.
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (17.05.2011)
Ko'rildi: 2703 | Reyting: 2.0/4
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]