Maqolalar
Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar |
Men senga kerakman.
Yulduzlarim kechikib qoldi, Oysiz qoldi bugun osmonim. Sensizlikka ko'nikolmadim, Qanday ekan mensizlik jonim? Ana ko'zim ko'zingdan o'tdi, Qo'y yashirma titroqlaringni. Xatoqilding, o'zingdan o'tdi, Tishlayapsan barmoqlaringni. Endi nurga begona yuzing, Quyshingni ranglari qani? Sig'mayapsan o'qingga o'zing, Hayotingni tonglari qani? Yuragingni yarmi yo'q endi, Mening bilan butun ekansan. Kech tushunding, dimog'ing sindi, Yongan g'amga o'tin ekansan. Kechalaring o'zingda g'arib, Armonlaring osmondan katta. Yuragingga termulib turib, Yig'layapsan birinchi marta. Uhlab qolgan tunlaring haqqi, Mening o'rnim boshqa - bo'lakman. Yig'lab qolgan tunlaring haqqi, Men baribir senga kerakman. | |
Ko'rildi: 599
| Teglar: |
Barcha izohlar: 0 | |