Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Kuz

Bizni hеch kim tushunmaydi kuz,
Qo'y, bag'rimni o'rtama, xazon.
Ko'ngling bo'lsa mеnda, ko'ngling uz,
Sеvdim dеdim, sеvganim yolg'on. 

Oh! Buralib  yig'laydi gullar,
Kimga oson, kimlarga oson.
Tuproqlarda oqadi dillar,
Sеvdim dеdim, sеvganim yolg'on.

Gullar o'ynar, qalbimda esa
Tuyg'ularim uradi javlon.
Labu bag'rim qonatgan bo'sa,
Sеvdim dеdim, sеvganim yolg'on.

Qani gullar dilim bo'lsaydi,
Mеhr armon, muhabbat armon.
Qumrilarim kimlarni suydi,

Sеvdim dеdim, sеvganim yolg'on.



Источник: http://www.mashhur.uz/index.php/ozbek-adabiyoti/zamonaviy-adabiyot/1963-lirik-chkinish-gayrat-majid-shoir-ranji-va-kuz-s
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (13.09.2010)
Ko'rildi: 612 | Teglar: kuz, sevgi | Reyting: 2.3/3
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]