Yig'lamagin Kuz
Bearmon to'kamiz ko'z yoshimizni, O'rtaymiz bu bag'ri so'zonimizni, Hasratla kuzatib quyoshimizni, Quchamiz, qayg'udosh-hazonimizni. Mag'rur chinorlarning yetim barglari, O'ksuk bag'rimizga chopib keladi. O, hijron faslining muzdek margila, Bizni adashtirmay topib keladi. Izg'irin o'rtaydi jon jonimizni, Lablarning o'tini sovuq yalaydi. So'nggi umidimiz imkonimizni, Bizdan-da yupunroq kunlar talaydi. Mangu ayriliqqa hukm o'qilgan, Bekor qilmoqlikka yetmas kuchimiz. Ishqqa duch kelsa ne tog'lar yiqilgay, Biz ne ham qilardik, Yig'lamagin, Kuz...
|
Turi: She'rlar | Добавил: Emerald (08.02.2010)
|
Ko'rildi: 507
| Teglar: kuz, hazon, umid, ishq, qayg'u, ayriliq
| Reyting: 0.0/0 |
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[
Registratsiya |
Kirish ]