Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Gul ko'nglim
Qalbimda iztirob cho'g' bo'ldi, yondi
Dilimda azoblar yana tug'yondi
Yuragim to'kildi, uzildi, sindi
Gul ko'nglim bunchalar nozik bo'lmasang

G'arib dunyoyimni yoritmoqchiyding
Qalbimga samodan gul tutmoqchiyding
Porlagan tonglardan har kun duoda
Men uchun chin baxtlar tilamoqchiyding

Bugunchi... Yoshlarim ichimga yog'di
Yonarim bir kunda kul bo'ldi qoldi
Sen tomon talpingan zor qolgan dilim
Qorong'u zulmatga Yana yo'l oldi

Ko'zlarim kulsa ham, yurak yig'laydi
Yiroqda bir ayanch sog'inch qo'ymaydi
Dod desam dodimga Falak titraydi
Gul ko'nglim bunchalar nozik bo'lmasang...

Umida Manzur qizi

Turi: She'rlar | Добавил: Emerald (20.02.2011)
Ko'rildi: 845 | Teglar: yurak, iztirob, gul, sog'inch, ko'ngil, qalb, azob, yosh, zor, baxt | Reyting: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]