Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Farishtam
Men yerga bog'langan bir bandi edim,
Saxar borib, tunda qaytardim ishdan.
Sen kelding...
Sen ahir qaylardan kelding?
Ko'klardan tushdingmi, ma'sum FARISHTAM?

Bir hushbo'y sabola taraldi birdan,
Yurakni siypalab, erkalaguvchi.
Odamlar odamdan zerikkan yerdan,
Insonlar tarafga yetaklaguvchi.

Esladim...
Olovlar gurlar qo'ynimda
Bir buyuk vulqonlar portlaganini.
Keyin skunatda
Tunda...
Bo'ynimda,
Kiprik kapalakdek porlaganini.

Wu munis turishda bu kuxna olam
Sevgiga zorligin eslatib turding.
Chaqnoq ko'zlaringga ko'zim tushgan dam
Yuragim borligin eslatib qo'yding.

Men senga bog'langan bir bandi, asir,
Sen uchsang uzilib tushar jon rishtam.
Menga rahming kelsin, shafqat qil ahir,
Dunyoning holiga achin FARISHTAM.

Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (29.12.2010)
Ko'rildi: 602 | Teglar: farishtam, фаришта, farishta, фариштагинма, farishtaginam, фариштам | Reyting: 3.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]