Maqolalar
Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar |
Farishtaginam
Sendan olislarda bo'ldim ne bo'lsam, Seni yig'latguncha bo'lmasmu o'lsam. Bir umir bag'ringni baxtga to'ldirsam, Yig'lama, yig'lama ... Yig'lama o'zimning farishtaginam. Men uchun g'am yutding, ko'zlaringda nam, Ne darddan ko'zlaring mayus buncha ham? Baxtning saroyiga birga boramiz, Yig'lama o'zimning farishtaginam. Hayot yo'llarida qoqildim bilmay, Sening sof sevgingni ko'zlarim ko'rmay Aytgin gunohimni qanday yuvay, Yig'lama o'zimning farishtaginam. Noshudman qadringni bilmadim, kechir... Holing ne deb bir bor s'rmadim, kechir... Olddan oqqan suvni ko'rmadim, kechir... Yig'lama o'zimning farishtaginam. Jondan kechganimdir sendan kechganim, Yodimda sevgimga qasam ichganim. Yetar mani yig'laganlarim, Yig'lama o'zimning farishtaginam. | |
Ko'rildi: 1032
| Teglar: |
Barcha izohlar: 0 | |