Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Beraxm yorim
Ming bir andishada qolsam so`roqlab,
Uyqusidan sira ochmagan ko`zin.
Ishqimni ketgan ko`chaga tashlab,
Keyin yig`lab-yig`lab ovutgan o`zin.
Kelsam ko`zlaridan g`azablar sochib,
Ketsam dod solib yig`lagan baxtim.
Qo`llarimdan tutib bilmagan sog`inch,
Meni yolg`iz tashlab ketgan beraxm.
O`zimni sog`ingan, umrimning naqshi,
Hammalaridan avval so`ragan holim.
O`zimni ko`rib ham hammadan yaxshi,
Yana meni eng ko`p yig`latgan zolim.
Nigohlari o`tli, boqishi mayin,
Hamisha qoldirgan yerda so`zimni.
Endi sizni qanday yaxshi ko`rayin,
Yashayapman yomon ko`rib o`zimni.
Turi: She'rlar | Добавил: Emerald (05.07.2010)
Ko'rildi: 512 | Teglar: umr, ishq, zolim, sog'inch, yaxshi, baxt | Reyting: 1.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]