Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » She'rlar

Adashdimmi ?
Adashibman men sizni sevib,
Muhabbatning sadosi iszis.
Ketasiz, ham befarqsiz kelib,
Orzularim to'kildi essiz.

Faqat sizga yetlmas ohim,
Poyoni yo'q to'siqdan o'tib.
Sevganimmi endi gunohim
Yoki kutganimmi sizni intiqib?

Sog'inishni bilmassiz aslo,
Sizga bunday qayg'u begona.
Men ekanman ko'rganda qalbim,
Muhabbatin tutgan devona.

Balki sizni o'rtab gumonlar,
Sovutgandir nozik ko'nglingiz.
Yo yo'lingiz to'sdi armonlar,
Yo sevgimdan kulib ketdingiz.

Menchi hanuz tonglarga qadar,
Qovrulaman azobda yonib.
unutaman deyman har safar,
Unutaman o'zimdan tonib.

Yuragingiz shu qadar hissiz,
Ketasiz, ham befarqsiz kelib.
Muhabbatning sadosi essiz,
Adashdimmi men sizni sevib?
Turi: She'rlar | Добавил: Tasanno_admin (29.12.2010)
Ko'rildi: 537 | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]