O`lik turib kulganni ko`rdim, Tirik yurib o`lganni ko`rdim. Yo`qdan bunyod bo`lganni ko`rdim - Ko`rib yurgan qandini ursin, Ko`rmaganni ko`rgani qursin. Ishi tushsa - itingni sizlar, Ishi bitsa - narini izlar. Boshingga ish tushishin ko`zlar - Mayli, magar soyaday yursin, Ko`rmaganni ko`rgani qursin. Еmish tutgan qo`lingni talar, Lеk tеpganning etigin yalar, Nokasligi jonga o`t qalar - Mard bo`lib bir dangal yuz bursin, Ko`rmaganni ko`rgani qursin. Ko`mir bo`lsa balki qo`l ko`mir, Tеmir bo`lsa balki zang tеmir. Ildizi yo`q, mo`rt unda tomir - Asli po`klar qanday tik tursin, Ko`rmaganni ko`rgani qursin. Yo`qchilikda izlar panohni, To`qchilikda chiqarar shoxni. Topib bo`lmas bunday gumrohni - Ayting, ayting - insofin bеrsin, Ko`rmaganni ko`rgani qursin...
Источник: http://www.mashhur.uz/index.php/ozbek-adabiyoti/zamonaviy-adabiyot?start=5 |