Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » Ijtimoiy maqolalar

Orzumand qalb nidosi
Sizga omonlik tilagancha yana diydor nasib etganiga shukr aziz do’stim…
Bugun siz uchun sog’inch, xotiralardan charchagan bir orzumand qalb nidosi haqidagi hikoyamni boshlashga jazm qildim. Undan sizu bizning qalbimiz tubida yashirinib yotgan pokiza tuyg’ularimizni topib olishimizga imkon paydo bo’lishini osmon qadar istardim…
… Atrofim to’la odam… Yaqinlarim… meni yaxshi ko’ruvchi insonlarim… do’stlarim… hatto do’st deb bilguvchilarim… Yaratganga shukr, nolimayman… ammo… ammo shunday bo’lsada, negadir o’zimni juda ham yolg’iz, hayotimning kuzi va qishidan adashib qolgandek his qilyapman… Kunlarimning hech bir rangsiz, hissiz o’tayotgani azob ustiga azobni yog’diryapti. Go’yo hech nima o’zgarmagan, hamma ish va yumushlar kundan kunga yaxshilanib rivojlanib borayaptiyu, lekin ikkinchi olamim bo’lmish qalbim dunyosi kundan kunga huvillab, unda yashash uchun kurash olib borayotgan orzu va hislarim birin-ketin bu kemtik qalbni tark etayotganday, yolg’izlik atalmish yovuz tuyg’u ularni zaharlab nobud qilayotganday tuyulyapti.
Hayotimning bahorini kutish sekin asta sarobga aylanayotgandek, go’yoki u hech qachon kelmaydigandek…
Men ham, ulkan bo’lmasada, shiringina muhabbat egasi bo’lishni istardim. Bu hayotning achchiq va og’ir zarbalariga qarshi kurashishdan charchagan bir paytda boshimni ishonch bilan qo’yadigan bir dardkash va dalda bo’ladigan yelka, menga ulkan to’siqlarni yengishda kuch ato etadigan iliq so’z, yashash uchun orzu uyg’otadigan asl muhabbat egasi bo’lishini hohlardim. Shuningdek, uning yelkasiga bosh qo’ygan chog’imda mendan kuch oladigan, men bilan o’zini mukammal his qiladigan va hayotining eng shirin damlari men bilan o’tayotganini, o’zining farishtasi ekanligimni his qiluvchi insonim, mehribonim, bu mazmunsiz moddiy maqsadlarga yo’naltirilgan hayotimni orzular va beboshliklar tomon eltuvchi bir halolim kelishini sog’indim… O’sha men tanimagan yaqinim, qalbimning tanish insoni qachon kelib, meni bu sovuq va xira olamdan hayotning shirin qiyinchiliklari sari olib ketishini sog'indim…
Aslidan bugungi kunga qadar bu foniy hayotning tugamas tashvishlari bilan orzu qilishni ham unutib yuborgan ekanman… Haa… orzu qilishni unutib qo’yibman… Qarang, inson zotining o’ziga xos bo’lgan jihati, his tuyg’ularining funksional vazifasi bo’lmish orzu qilish jarayoni yashash davomida unutilishi mumkinmi?!... U hech yo’qolishi mumkinmi?…To’gri… haqsiz… ba’zida orziqib kutgan va uni amalga oshirishga bor imkoniyatingizni ishga solsangiz ham erisha olmagan orzularingiz armonga aylanganida, u bilan bo’gliq bo’lgan barcha umidlaringiz sarobga aylanganida, xotiralaringiz hazonga aylanganida orzu qilishdan to’xtashingiz mumkin ekan… Ammo bu, insonni yanada “borlar” olamidan uzoqlashtirar ekan. Inson “borlar” olamida “yo’q”day yashay olmas ekan, toki bu hayotda mavjud ekan, u “borlar” qatorida “bor”day yashamog’i ham farz, ham qarz ekan. Biroq “borlar” qatorida borday yashash uchun orzu qilishning o’zi kamlik qiladi. Orzu qilish bilan birga garchi pand yesakda, unga erishish yo’lida kuch topa olishimiz ham lozim.
Menda ayni damda nasihatga moyillik yo’q, chunki nasihatga o’z muammolariga yechim topa olgan zotlar loyiqdirlar…
Xulosa esa har doimgiday o’zigizning hukmingizdadir aziz
do
’stim…
Turi: Ijtimoiy maqolalar | Добавил: Emerald (31.03.2011)
Ko'rildi: 1159 | Teglar: bahor, orzu, sog'inch, hayot, qalb, muhabbat, xira, shirin, nido, olam | Reyting: 4.0/3
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]