Maqolalar

Bosh sahifa » Maqolalar » Ijtimoiy maqolalar

Sog'inch malhami...
Seni yodga oldim yolg'iz chechagim
Qalbimda ko'z ochgan shirin ertagim
Bormikan yoningga bir bor kelarim
Bu kemtik dunyoda sensan sevarim...


Omonmisiz aziz do'stim? bugun yana siz bilan g'oyibona diydor ko'rishish nasib etdi, shukr...

Ushbu bitik bejizga she'r ila boshlanmadi. Bugun qalblarni larzaga keltirgan, og'ushida mast aylab, so'ngra o'zidan sog'inch atalmish azobni tashlab ketgan muhabbatning va yaratganning yana bir in'omi Xotira haqqiga tahsin aylamoq istagidaman. Hech mulohaza qilganmisiz, qalbimizda shirin damlardan saqlanib qolgan xotiraning nechog'lik sog'inch atalmish jarohatimizga malham ekanligini... Odatda, qalbimizni qirtichlab sog'inch tug'yon ko'targanida, bu dovuldek ko'tarilgan sog'inch hissini bosish maqsadida xotiralardan najot izlaymiz. Ha, darhaqiqat, sog'ingan insonni xotirlash, eslash uchun ham barchamiz xotiraga ilhaqmiz.

Xotira... Qachonlardir bugun ta'riflayotgan, bugun eslayotgan xotiralar hayotingizni chulg'ab olib ko'z o'ngingizda namoyon bo'lgan. Bu tuygu ana o'sha sizning eng baxtli bo'lgan damlaringiz nishonasi, o'sha bugun armonga aylangan damlaringiz xazinasidir. Qolaversa, xotira shunday maskanki, unda siz istaganingizcha o'tmishga qaytishingiz mumkin. Xotira shunday joyki, unda doim siz hohlagan, siz istagan damlaringiz ko'z o'ngingizda namoyon bo'ladi. U shunday makonki, u yerda sog'inganingiz bilan istaganingizcha vaqt o'tkazishingiz va orzular og'ushida, to'lin oy guvohligida yulduzlarni tomosha qilishingiz mumkin. Xotira bu hayotingizning eng sara onlari jamlangan sehr to'la kitobingizdir... Balki bu xotiralar kim uchundir arzimas kuzgi qurigan Yaproqdir, kuzda qadri qolmagan xazondir... Ammo men uchun va ishonamanki, bugun siz uchun ham u so'ginganlarimizdan qolgan yolg'iz yodgorlik.

Bu foniy hayotning barcha unsurlari o'zaro uzviy bog'langandir. Toki bu dunyoda inson mavjud ekan, muhabbat yashaydi, muhabbat bor ekan, ayriliq, hijron yo'qolmaydi, hijron bor ekan, sog'inch yurakni o'rtab, ko'z yoshi tinmaydi, shunday ekan, xotira ham qalb taskini, sog'inch malhami bo'lib qolaveradi.
Sog'inch yaralagan qalbim seni eslab va sevib yashaydi...

Sohir sening so'zlaringda sevgining sasi
Sarkash sog'inchim seni so'raydi...
Sabolar sochim silaru
Sog'intirganim sensan sevarim...
Turi: Ijtimoiy maqolalar | Добавил: Emerald (14.09.2010)
Ko'rildi: 1259 | Teglar: yurak, hayot, so'ginch, azob, armon | Reyting: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]