12:20 PM Ilk muloqot | |
Assalomu alaykum hurmatli saytimiz mehmonlari va foydalanuvchilari! Tez kunlarda to'liq ish faoliyatini boshlash arafasida turgan ushbu saytimiz sizga manzur bo'ladi degan umiddamiz. Saytni ishga tushirishdan maqsadimiz, undan foydalanuvchilar o'z qalblaridagi gaplarini, ichki kechinmalarini do'stlar bilan o'rtoqlashish imkoniga ega bo'lishsin. Har bir foydalanuvchi ihtiyoriy mavzuda maqola, she'r, rasm yoki boshqa ijod mahsullarini saytga kiritib, boshqalar fikri, maslahatlari bilan o'rtoqlashishlari mumkin. Bazida odam dardlashishga, qalbidagi gaplarini to'kib-sochishga muhtoj bo'ladi. Lekin "yorilishga" g'urur yo'l qo'ymasligi mumkin. Qadimda insonlar maktublarda bir-birlariga hayotlari haqida gapirib ruhan engil tortishgan. Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida xat yozib, maktub almashish biroz urfdan qolgan bo'lsada, insonlar bunga ehtiyoj sezadilar. Shunday vaqtda biz bilan fikrlaringizni, his-tuyg'ularingizni o'rtoqlashing. O'ylaymizki atrofdagi do'stlaringizning sizga bildirgan mulohazalari ham sizni befarq qoldirmaydi va to'g'ri yo'l tutishingizga oz bo'lsa ham yordam beradi. Hozirgi vaqtda saytning so'nggi sozlash ishlari tugallanmoqda. O'ylaymizki biz bilan zerikish nimaligini bilmaysiz va biz bilan o'tgan vaqtingizga achinmaysiz. Hurmat bilan sayt administratorlar guruhi. | |
|
Barcha izohlar: 0 | |