Bosh sahifa » 2010 » Dekabr » 30 » Bahor qaytadi ...
8:37 AM
Bahor qaytadi ...
<font color="#ff0000"><font color="#696969"><span style="font-size: 10pt;">Odam umrida bir marta sevishi ham, bir hecha marta sevishi ham mumkin. Shunda ham u har gal muhabbatni endi birinchi marta tuyayotganday, yangi ma'shuqasini beg'ubor, nurafshon muhabbat bilan chin dildan seva boshlaganday his qiladi o'zini. Lekin ayni paytda har qaysi yangi muhabbat oldingisidan albatta farql qiladi, u juda ham navnihol, ammo eng asl va eng qudratli muhabbat bo'ladi.
Odatda odamlar hudoda, jamoatchilik gapidan qo'rqqanlari sababli, yo odob-ahloq yuzasidan bunday muhabbatni tan olishni istamaydilar, lekin bu bor gap!
Bazi paytlarda bir muhabbat barbod bo'lib, ikkinchisi hali senga etib kelmagan bo'ladi, ana shunda qalbingni oylar, yillar davomida g'am-xasrat, behafsalalik, bezavqlik qamrab oladi - qalb vodiylari umidsiz bo'lib qoladi, buloqlardan qaynab chiqayotgan suvning shildirashi so'nadi, daraxtlarning novdalari xuddi beva ayollar kabi motamsaro bo'lib qoladi. Shunda ko'zlaring atiga bittagina yashil yaproqni ko'rish ilinjida olazarak bo'ladi - afsuski, topolmaydi, qalbing eng nodir qo'shiqni tinglash ishtiyoqida yonadi, - e voh, eshitilmaydi o'sha qo'shiq! Ana shunda sen, vassalom, endi boshqa hech nima bo'lmaydi, deb o'ylay boshlaysan.
Va lekin yana bahor qytib keladi, yana qo'shiq yangraydi, yana buloq sharillab qaynay boshlaydi, daraxt novdalari quvonchga to'lib, yam-yashil yaproqlarini olamga ko'z-ko'z qiladi.
Oz'ing o'ylaab ko'rgin-a,...
... agar bahor faqat bir marta kelsa, agar nikoh liboslarini echgan daraxtlar boshqa hech qahchon yasanmasalar, agar bir marta olingan jarohatlar hech qachon bitib tuzalmasa, dunyoda yashash naqadar uqubatli bo'lardi!
</span></font>
</font>
Ko'rilgan: 1299 | Qo'shildi: Tasanno_admin | Teglar: Гам, bahor, мухаббат, musaffo osmon, бахор, muhabbat, uqubat, g'amm xasrat, укубат, мусаффо осмон | Reyting: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
Faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Registratsiya | Kirish ]